Tadbirning asosiy maqsadi dasturning 1-bosqichini amalga oshirishdir, ya’ni Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahrining 17 ta KTIMTT uchun sotib olingan maxsus uskunalar bilan jixozlash.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini bo’lib, uning maqsadi boladan sog’lom va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish, bolalarning qobiliyatlarini ochib berish, o’rganishga intilishni kuchaytirishdan iborat. Imkoniyati cheklangan bolalarni o’qitish, tarbiyalash, korrektsiyalash va ijtimoiy moslashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilib, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi turlari joriy etildi (Birlashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ko’p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari reabilitatsiya markazlari bilan).
2017 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi hukumati zamonaviy hamjamiyatga o’z salohiyati va ijtimoiy integratsiyasini qulfini ochish maqsadida maxsus ta’lim ehtiyojiga ega bolalarga alohida e’tibor qaratib kelmoqda va inklyuziv ta’lim tamoyillari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.