O’zbekiston Respublikasi Prizedentining 2021-yil 14-yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishi hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4954-son qaroriga hamda Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021-yil 27-apreldagi 69-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida “Shaxmat aql charxi” shiori ostida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqada qiz bolalar o‘rtasida faol ishtirok etib faxrli II-o‘rinni Zarafshon shahar 17-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Zuxriddinova Mubina egalladi.