✅Press tur so‘nggida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda OAV vakillari, jurnalistlar, tuman va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limlarining mas’ul xodimlari hamda hududdagi MTT direktorlari ishtirok etdi.
❇️Anjumanni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi O.Aslonov ochib berdi.
❇️Dastlab Zarafshon shahar hokimi N.Rahmanov yig‘ilganlarga hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirdi.
❇️Shundan so‘ng viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i U. Tillayev “Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda xodimlarning malaka va tajribasini oshirish, ota-onalar tomonidan bildirilayotgan takliflarning o‘rni” mavzusida qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
❇️Anjuman yakunida OAV vakillari va jurnalistlar o‘zlarini qiziqritgan savollariga atroflicha javob olishdi.
⚡️Bir so‘z bilan aytganda ushbu press turning tashkil etilganligi nafaqat bolalarni MTTlarga qamrab olinish darajasi, ta’lim sifati, ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan jurnalistlarni tanishtirish, balki soha xodimlari uchun ham tajriba almashish imkonini berdi.





