✅Press tur ishtirokchilari “Umid” nomli reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

✅Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiyligi asosida barpo etilgan ushbu tashkilotning qurilish va jihozlashishlariga 31 mlrd 600 million so‘m mablag‘ sarflangan.

✅Tashkilot maxsus jihozlar, tibbiyot uskunalari bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar belgilangan dastur asosida guruhlar asosida olib borilmoqda. Bu yerda futbol maydonchasi, basseyn, sun’iy qoplamali bolalar maydonchasi, yugurish maydonchasi mavjud. 72 o‘ringa ega tashkilot Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida maktabgacha yoshdagi imkoniyati cheklangan farzadlarimizni sog‘lom bolalar qatori ta’lim-tarbiya olishlari hamda ularni tezroq sog‘lom hayot va jamiyatga qo‘shilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.