❇️Ayni kunlarda hududimizda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbari, mas’ul xodimlari va tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv hamda muammolarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

♻️O‘rganish va uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad, onlayn rejimda davom etuvchi “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimini samarali joriy etish, shuningdek, “Onlayn davomat” masalasida uchrayotgan muammolarni bartaraf etishdir.

?Eslatma! Tizimga ma’lumot kiritishda yoki onlayn davomatni amalga oshirishda qiyinchiliklar, texnik muammolar yuzaga kelsa, ishchi guruhning mas’ul xodimlari muammoni hal qilishda yordam beradi.

✅Hurmatli tadbirkorlar, agar ishchi guruhga savollaringiz boʼlsa, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi va bo’limlariga murojaat qilishingiz mumkin.