- Zarafshon shahar Maktabgacha ta’lim bòlimi tasarrufidagi 14-sonli «Jilg’a» davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar va tarbiyachilar ishtirokida o’quv amaliy seminar bòlib o’tdi. Seminarni òtkazishdan maqsad:
- Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tarqatilgan didaktik o’yinlardan ta’lim jarayonida unumli foydalanish;
- Didaktik òyinlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi ahamiyati hamda bolalarning aqlan va jismonan rivojlanishidagi ijobiy roli haqida tushuncha berish;
- Didaktik materiallardan foydalanishda bolalarning yoshini hisobga olib, o’yin qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish;
- Didaktik o’yinlardan ta’lim jarayonida oqilona foydalanish va ularni asrab avaylaylagan holda saqlash ko’nikmalarini mustahkamlash.
Metodist: Xushmatova G.B.





