Zarafshon shahar 14-sonli DMTTda pedagog xodimlar ishtirokida metod kuni tashkil etildi. Pedagog xodimlarga DMTT uslubchisi tomonidan 155-sonli buyruq asosida ish hujjatlarini to’g’ri to’ldirilganligi nazorat qilindi. 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qòl mehnatlari namoyish etildi. Tarbiyachi Yarashova E’tibor tomonidan tayyorlangan Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan «Bizibord» didaktik o’yini kòrsatilib, bu òyinning maqsadi va foydalanish jarayoni namoyish etildi.
Uslubchi: G.Xushmatova