08.02.2023-yil Zarafshon shahar MTB tasarrufidagi DMTT lardan 13 ta jamoa ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20 – yanvardagi «Zakovat » intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy ma‘rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-96-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Jajji zakovatchilar » intellektual o‘yinining shahar bosqichi o‘tkazildi. 📚O’yinda bolajonlarga turli mavzularda, ya’ni tematik savollar, rasmli va topishmoqli mantiqiy savollar berilib bilimlari baholandi.
👨‍🎓👩‍🎓Bolajonlarning intellektual salohiyati , iqtidorli va izlanuvchanligini namoyan etishga qaratilgan o’yin bahs va munozaralarga boy bo’ldi.
🏅🥇Birinchi o’rinni 2-DMTT ning «Donolar» jamoasi g’olib deb topildi va faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi hamda viloyat bosqichiga yollanmani qolga kiritishdi.